ASTEROTEKA

ASTEROTEKA (Asterotheca) – qirqquloqdoshlar oilasiga mansub sporali o’simliklar turkumi. Faqat qazilma holda uchraydi. Barglari murakkab, yirik va uch karra patsimon. Sporali va sporasiz yaproqchalarining tuzilishi o’xshash. Qazilma holda Asterotikaning sporali, sporasiz barglarining izlari va sporasi O’rta Osiyo (Nurota, Hisor tog’lari) va boshqa hududlarda topilgan. Asterotikaning 15 ga yaqin turi ma’lum.