Astragal nimani anglatishini bilasizmi

Astragal nimani anglatishini bilasizmi – dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub, bir yoki ko’p yillik o’t hamda butalar. Tibbiyotda bir qancha turlari ishlatiladi. A.voylochnovetvistiy – paxmoq shoxli astragal; A.melkogolovchatiy – maydabosh astragal. Bular Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon va O’zbekiston janubidagi tog’li hududlarda o’sadi. Ularning poyasi va shoxlaridan yelim (kamed) olinadi. Yelimi tabletka, emulsiya dori shakllari tayyorlashda arab yelimi (gummiarabik) o’rnida ishlatiladi. A.serpoplodniy – o’roqsimon mexali astragal. Bo’yi 40-100 sm gacga yetadigan ko’p yillik o’t. Kavkazdagi keng bargli o’rmon-o’tloqlar, cho’llar, butazorlar, daryo bo’ylari, tog’larning yuqori qismigacha bo’lgan yerlarda o’sadi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida flavonoidlar (robinin), kumarinlar, triterpenoidlar, fenol karbon kislotalar bor. Yer ustki qqismidan flaronin preparati (asosan robinindan tashkil topgan) olinadi. Bu preparat buyrak kasalliklari (azotemiya)ni davolashda qo’llaniladi. A.sherstistosvetkoviy – sertuk gulli astragal. Ukraina janubidagi cho’llarda o’sadi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida glitsirizin va triterpene saponinlar, flavonoidlar bor. Damlamasi yurak-tomir tizimi, gipertoniya va nefrit kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.

Leave a Reply