Astrologiya

Astrologiya (yunoncha astro… va logiya)-yulduzlar haqida tushuncha, yulduz ilmi, munajjimlik, ilmi nujum; qadim zamonlarda va o’rta asrlarda yulduzlarning joylashishiga qarab odamlarning taqdirini, yerdagi voqealarni oldindan aytib berish, fol ochish bilan shug’ullangan soxta fan Astrologiya dastlab Qadimgi Sharq mamlakatlari (Misr, Xitoy, Hindiston, Suriya)da paydo bo’lib, o’rta asrlarda Eron, O’rta Osiyo, Arabistonda keng tarqalgan.