ASTROV MIXAIL SERGEYEVICH

ASTROV MIXAIL SERGEYEVICH [1882.19.9 (2.10) – 1957.23.4 – Toshkent] – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1941). professor (1932), tibbiyot fanlari Doktori (1935), TOSHTI fakultet jarrohligi kafedrasi mudiri (1932— 56), O’zbekiston jarrohlar jamiyatining raisi (1945-56). Me’da-ichak, taloq, ko’richak kasalliklari jarrohligi, neyrojarrohlik, buqoqni jarrohlik usulida davolash va boshqa sohalarda ilmiy ish olib borgan.