ATAKA BURCHAGI

ATAKA BURCHAGI – 1) (aerodinamikada) —uchish apparati qanoti shaklining vatari bilan qanotning ilgarilama harakat tezligi yo’nalishi orasidagi burchak. Aerodinamik quvuraya qanot ilgarilama harakatlanmaydi, balki havo qanotga tomon harakatlanadi; bunda qanot shakli vatari bilan havoning harakat tezligi yo’nalishi orasidagi burchak Ataka burchagi bo’ladi. Ataka burchagi uchish apparatlarining asosiy aerodinamik ko’rsatkichlari: ko’taruvchi kuch koeffisienti, ro’para qarshilik koeffitsientini belgilaydi. Ataka burchagi kattalashsa yoki kichiklashsa, uchish apparati qanotiga ta’sir etuvchi aerodinamik kuch va momentlar va, demak, uchish rejimi ham o’zgaradi; 2) (qishloq xo’jaligida) — qishloq xo’jaligi quroli disksimon ish organining aylanish tezligi bilan uning harakat yo’nalishi orasidagi burchak.