ATEROV
ATEROV (1992 yilgacha Gurev) — Qozog’iston Respublikasidagi shahar, Aterov viloyati markazi. Ural daryosidagi port. Aholisi 153 ming kishidan ziyod (1999). Temir yo’l stantsiyasi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati korxonalari, go’sht kombinati, pedagogika instituti, tarix-o’lkashunoslik muzeyi, drama teatri bor. 1640 yil asos solingan va Rossiya hukumatining keyinroq O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishlarida tayanch istehkomlaridan biri bo’lgan.