ATLANTIKA BO’YI PASTTEKISLIGI

ATLANTIKA BO’YI PASTTEKISLIGI — AQShdagi pasttekislik, Atlantika okeani sohillarining Nyu-Yorkdan Florida yarim oroligacha bo’lgan qismini egallagan. G’arbda Pidmont platosining tik tushgan chekkasi bilan chegaradosh. Kengligi 30 — 350 kilometr. Dengiz cho’kindilari (ohaktosh, qumtosh, loy va boshqalar) dan tashkil topgan, yuzasi tekis. Balandligi dengiz sathidan 100 metrgacha. Iqlimi subtropik, okean iqlimi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 0° dan 20° gacha, iyulniki 22 — 28°. Yillik yog’in 1000 — 1400 millimetr. Tuproqlari: qizil, sariq, chimli, botqoqli. Tabiiy o’simliklari: qarag’ay, dub, tis, botqoq sarvi va boshqalar Paxta, tamaki ekiladi, mevali bog’lar bor. Foydali qazilmalardan fosforit lar ko’p. Aholisi zich. Yirik shaharlari: NyuYork, Filadelfiya, Vashington, Baltimor, Norfolk.