Atlantrop

Atlantrop (Atlas-Afrikadagi tog’li o’lka va yunoncha antropos-odam)-pitekantroplar turiga mansub deb sanalayotgan qazilma odam. Atlantrop bosh suyagi chanoqlari Jazoirda 1954-1955 yillarda ashel madaniyatiga oid tosh qurollar bilan birga topilgan. Yoshi taxminan 360 ming yilga teng.