ATLAS PILLA

ATLAS PILLA — pachoq pilla turlaridan biri. Atlas pillaning sirti tekis (silliq), qisman botiqroq. Uning dasta qisgan o’rinlarida botiq yerlari bilinmay qoladi. Shu belgilariga ko’ra navlarga bo’linadi. Sirtidagi buzilgan joylari 5 millimetrgacha bo’lsa birinchi, 10 millimetrgacha bo’lsa ikkinchi, 15 millimetrgacha bo’lganlari esa uchinchi navga kiradi. 15 millimetrdan ortiq buzilgan joyi bo’lgan pillalar yaroqsiz hisoblanadi. Atlas pillalar bir tekis bug’lanmaydi, ipagi oz chiqadi, sifati past bo’ladi, tortishda ipagi teztez uzilib turadi. Pilla sifatining bu tariqa buzilishi qurtlarga yetarli dasta qo’yilmaganidan hamda pillaning dasta oralig’ida qisilib o’ralishidan yuzaga keladi.