ATSETON
ATSETON (lotincha acetum — sirka), Dimetilketon, SN3SOSN3 — organik birikma, eng oddiy keton. Molekulyar modda 58,079. Uchuvchan uziga xos hidli, rangsiz suyuqlik, suvga yaxshi aralashadi, tez o’t olib ketadi; zichligi 792 kilogramm/metr kub, suyuqlanish temperaturasi — 94°, qaynash temperaturasi 56,2°. Ketonlarga xos xossalarni namoyon qiladi. Atseton qizdirilganda (taxminan 700° da) keton SN q S q o hosil bo’ladi. Ishqorlar ta’sirida galogenlar bilan reaktsiyaga kirishib, yodoform, bromoform, xloroform hosil qiladi. Fenol bilan bir qatorda izopropilbenzolni oksidlab va oksidlanish mahsuloti — gidroperoksidni parchalab olinadi. Atsetondan xilma-xil maxsulotlar sintez qilish mumkin. Atsetondan sulfanol ham olinadi. Atseton sanoatda nitrosellyuloza va atsetilsemyuloztt erituvchi sifatida, sintetik kauchuklar, bo’yoq olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.