AUDIENTSIYA
AUDIENTSIYA (lotincha audentia — tinglash, quloq solish) — davlat va jamoat arboblari tomonidan chet el diplomatik vakillarining rasmiy qabul qilinishi. Xalqaro huquqda Audientsiya — davlat boshlig’ining diplomatik vakilni qabul qilishi. Bir davlat vakilining o’z ishonch yorlig’ini yoki chaqirib olish yorlig’ini topshirishi ham Audientsiyadir. 1815 yil 19 martda Venada diplomatik vakillar to’g’risida qabul qilingan reglamentga muvofiq bevosita davlat boshlig’idan Audientsiya surashga faqat Muxtor elchi darajasidagi vakilninggina huquqi bor. Muvaqqat ishlar vakili va boshqa darajali diplomatik vakillar Audientsiya haqida shu davlat tashki ishlar vaziri orqali iltimos qilishi mumkin.