Tritanomaliya nima degani
Tritanomaliya nima degani – ranglarni ajratish qobiliyatining buzilishi, ko’zning asosan binafsha rangni yaxshi ajrata olmasligi.

Tritanomaliya nima degani – ranglarni ajratish qobiliyatining buzilishi, ko’zning asosan binafsha rangni yaxshi ajrata olmasligi.
Triplegiya, uch a’zo nima degani – oyoq-qo’l falaji. Masalan, ikki oyoq va bir qo’lning falaji.
Trizm nima degani – chaynov mushaklarining tonik qisqarishi; jag’larning qattiq jipslashishi.
Trigonit nima degani – qovuq uchburchagining yallig’lanishi; bunda uchburchakning shilliq pardasigina yallig’lanib, qolgan qismi sog’ bo’ladi.
Tremor nima degani – asab tizimining ba’zi funksional va organik kasalliklarida vujudga keladigan mushaklarning beixtiyor ritmik qisqarishi.
Traxeya, kekirdak nima degani – yerda yuruvchi umurtqali hayvonlar va odam nafas yo’lining bir qismi, hiqildoq bilan bronxlar o’rtasida joylashgan.
Traxelorafiya nima degani – bachadonning shikastlangan bo’yinni tikish, shaklini qayta tiklash.
Termalgiya nima degani – issiqlik yoki sovuqlik ta’sirida og’riq paydo bo’lishi; siringomiyeliya va ba’zi boshqa kasalliklarda uchraydi.
Termanesterziya nima degani – issiq yoki sovuqni sezish qobiliyatining butunlay yo’qolishi; termanesteziya orqa miyaning orqa shoxlari zaiflashishi natijasida ro’y beradi.
Termoregulyatsiya, issiqlikni boshqarish nima degani – tana haroratini turg’un darajada tutib turadigan odam organizmidagi fiziologik jarayonlar yig’indisi.