Fleboomiya nima degani
Fleboomiya nima degani – vena teshigini ochish. Masalan, trombni olib tashlash uchun.

Fleboomiya nima degani – vena teshigini ochish. Masalan, trombni olib tashlash uchun.
Fimoz nima degani – olat (zakar) chekka kertmagi teshigining tug’ma yoki orttirilgan torayishi.
Filtrat nima degani – filtrdan o’tgan suyuqlik.
Fibrin nima degani – qon plazmasida erigan fibrinogendan uning thrombin fermenti bilan o’zaro ta’siri natijasida paydo bo’ladigan oqsil.
Fibrillyatsiya nima degani – mushakning umumiy qisqarishiga qo’shilmaydigan, mushak tolalarining juda tez qisqarishi, jimirlashi, tebranishi.
Fetishizm nima degani – jonsiz obyektni jinsiy qo’zg’alish va jinsiy qoniqish vositasi sifatida ishlatish.
Fenotip nima degani – organizmning individual rivojlanish jarayonida shakllangan barcha sifat va belgilari yig’indisi.
FIstulotomiya nima degani – oqma yaraning yo’llarini to’g’rilash va qisqartirish maqsadida kesish.
Fistulografiya nima degani – oqma yaraga kontrast modda yuborgandan so’ng oqma yara yo’li va u bilan bog’liq yo’llarni rentgenografiya qilish.
Follikulyarnaya jidkost nima degani – yetilayotgan, yetilgan yoki follikulaning bo’shlig’ini to’ldirib turuvchi suyuqlik. Tarkibida estrogen mavjud.