Simptomlar, belgilar nima degani
Simptomlar, belgilar nima degani – shifokor bemorni tekshirganida topiladigan va kasallikni aniqlashda hamda uning oqibatini bilishda foydalaniladigan belgilar.

Simptomlar, belgilar nima degani – shifokor bemorni tekshirganida topiladigan va kasallikni aniqlashda hamda uning oqibatini bilishda foydalaniladigan belgilar.
Simpatomaticheskaya terapiya, simptomatik terapiya nima degani – kasallikning sababi va rivojlanish mexanizmlariga maqsadga muvofiq ta’sir qilmasdan turib, uni namoyon qiluvchi belgilari (simptomlari)ni davolash.
Simulyatsiya nima degani – hodisalar, harakatla va holatlarni soxta tasvirlashga nisbatan ishlatiladigan tushuncha. Masalan, yo’q kasallik simulyatsiyasi.
Sindrom nima degani – umumiy patogenezi bilan birlashgan simptomlar majmuasi, ayrim hollarda bu atama bilan mustaqil nozologik birliklar yoki biror bir kasallik bosqich (shakl)lari belgilanadi.
Sinergizm, birgalik nima degani – 1) a’zo va tizimlarning birgalikda va bir xilda ishlashi; 2) dori-darmonlarning qo’shilib ta’sir etishi; bunda barcha dorilarning birgalikdagi ta’siri bitta dorining alohida ta’siridan yuqori bo’lishi.
Sinesteziya nima degani – zararlangan periferik nerv tarkibidagi simptamik tolalarda og’riq ta’sirotining kuchayib ketishi; og’riqning faqat zararlangan nerv sohasiga emas, balki tananing boshqa yerlariga ham tarqalishi.
Sinistroversiya matki nima degani – bachadonning holati, kichik chanoqqa nisbatan uning tanasining chapga, bo’yning esa o’ngga og’ib qolishi bilan tavsiflanadi.
Sinistropozitsiya matki, bachadonning chapda joylashishi nima degani – bachadonning holati; bachadonning chanoqning o’rta chizig’idan chap tomonga siljib qolishi bilan tavsiflanadi.
Sinovial suyuqlik nima degani – bo’g’im bo’shlig’iga synovial parda ajratadigan yopishqoq suyuqlik. Bo’g’im ichidagi tog’ayni moylab turadi va oziqlantiradi.
Sinostoz nima degani – suyaklarning normada suyak to’qima bilan qo’shilib ketishi; patologiyada esa sun’iy ravishda amalga oshiriladi (ostenosintez).