Ostit, suyakning yallig’lanishi nima degani
Ostit, suyakning yallig’lanishi nima degani – aniqrog’i, suyak qattiq moddasining yallig’lanishi; har doim ko’mik bo’shlig’i va suyak ust pardasining yallig’lanishi bilan birga kechadi.

Ostit, suyakning yallig’lanishi nima degani – aniqrog’i, suyak qattiq moddasining yallig’lanishi; har doim ko’mik bo’shlig’i va suyak ust pardasining yallig’lanishi bilan birga kechadi.
Osteoxondropatiya nima degani – osteoxondrit, osteoxondroliz, epifizionekroz – kalta suyaklar g’ovak moddasining va uzun naysimon suyaklar epifizlarining o’zgarishi bilan ifodalangan kasalliklar guruhi; ko’pincha bo’g’im tog’ayining o’zgarishi bilan birga kechadi.
Ostriy bred, o’tkir alahlash nima degani – bemorning ongini vasvasa g’oyalari butunlay qamrab olib, ushbu g’oyalari bemorning xulq-atvorida to’liq namoyon bo’lishi holati.
Ostriy nefroz, o’tkir nefroz nima degani – buyrak kasalligi – asosan, buyrak naychalarining distrofik zararlanishi, badan shishi, siydikda oqsil bo’lishi va qondagi albuminning kamayishi (nefrotik sindrom) bilan kechadi.
Ostriy revmatizm, o’tkir bod nima degani – asosan, yurak va bo’g’imlarni ishdan chiqaradigan infeksion kasallik. Asosan, biriktiruvchi to’qima zararlanadi.
Osyazaniye, sezish nima degani – teridan, shilliq qavatlar sirtidan va mushak-bo’g’im apparatidan kelib chiqadigan har xil sezgilarning murakkab tasavvuri.
Otek, shish nima degani – to’qimalarda ortiqcha suyuqlikning to’planib qolishi; boshqacha aytganda, bu holat istisqo deb ataladi. Hosil bo’lgan istisqo – shish lokal yoki tarqalgan holatda bo’ladi.
Otvodyashiy nerv, uzoqlashtiruvchi nerv nima degani – bosh miyadan chiqadigan nervlarning VI jufti. Varolio ko’prigining rombsimon chuqurcha tubidagi harakatlantiruvchi yadrosidan boshlanadi. Ko’zning tashqi to’g’ri mushagini innervasiya qiladi.
Otoskleroz nima degani – o’rta quloqni ichki quloq bilan biriktirib turadigan oval darcha sohasida suyak to’qimasi o’sib ketishi bilan ifodalanadigan quloq kasalligi.
Otoskopiya nima degani – tashqi eshituv yo’li, nog’ora pardada, ko’pincha nog’ora parda orqali ko’rinib turadigan bo’shliqni, nog’ora pardada nuqson bo’lsa, nog’ora bo’shlig’ini ham tekshirish usuli.