AYRI XAROSH
AYRI XAROSH — yog’och dastali ayri simdan tuzilgan asbob; kulollikda sopol idishlarga o’yib naqsh solishda, parallel chiziqlar chizishda foydalaniladi.

AYRI XAROSH — yog’och dastali ayri simdan tuzilgan asbob; kulollikda sopol idishlarga o’yib naqsh solishda, parallel chiziqlar chizishda foydalaniladi.
AYRI PARGAR — naqshlar axtasini, girihlar asosini chizishda, o’lchashda qo’llanadigan asbob. Amaliy bezak san’atida keng ishlatiladi.
AY-PETRI — Qrim tog’larining Bosh (Janubiy) tizmasidagi cho’qqi. Alupka shahri yaqinida, qora dengizdan tik ko’tarilib turadi. Balandligi 1233 metr. Asosan ohaktoshlardan tarkib topgan.
AYNLAR — Xokkaydo oroli (Yaponiya)da yashaydigan xalq; umumiy soni 20 mingga yaqin (1992). Ayn tilida so’zlashadi. Baliqchilik va dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Dindorlari budda diniga e’tiqod qiladi.
AYNIYAT QONUNI – to’g’ri, mantiqiy fikrlashning muhim qonunlaridan biri. Ayniyat qonuni mantiq fani (formal mantiq) da o’rganiladi. Ayniyat qonuni ham tafakkurning boshqa qonun va shakllari singari predmet, hodisalarning ma’lum ob’yektiv … Read More
AYNIYAT (matematikada) — tenglikda ishtirok etayotgan belgilarning barcha yaroqli qiymatlari uchun o’rinli tenglik.
AYNIYLIK PRINTSIPI – kvant mexanikannng asosiy qonuni. Ayniylik printsipiga muvofiq bir xil zarralarni birbiridan farq qilish mumkin emas. Klassik mexanikada fizik xossalari (massasi, zaryadi va hokazolar). Ayniy (bir xil) bo’lgan … Read More