AVTORITARIZM

AVTORITARIZM (lotincha auctoritas — hokimiyat) — davlatni idora qilish usuli. Avtoritarizmda siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsning yoki yetakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi.

AVTOREFERAT

AVTOREFERAT (Avto … va Referat so’zlaridan), ilmiy asar yoki tadqiqotning muallif tomonidan tayyorlangan qisqacha mazmuni bayoni.

AVTORALLI

AVTORALLI (Avto … va inglizcha Rally — yig’in) — avtomobil sporti bo’yicha kompleks musobaqalar. Bunda muayyan yo’nalish bo’yicha belgilangan harakat jadvaliga aniq rioya qilinadi. Ishtirokchilarning asosiy vazifasi — vaqt nazorati … Read More

AVTORADIOGRAFIYA

AVTORADIOGRAFIYA, autoradiografiya, radioavtografiya— biror ob’yektda radioaktiv moddalarning qanday taqsimlanishini o’rganish usuli. Avtoradiografiyada tekshiriladigan ob’yekt yuziga radioaktiv moddalarning nurlarini sezadigan fotoemulsiya beriladi; ob’yektdagi radioaktiv moddalar doim nur chiqarib turgani uchun fotoemulsiyani … Read More

AVTOPORTRET

AVTOPORTRET (Yun. autos — o’z, Fransuzcha portrait — tasvir) — portret turi. Avtoportretda rassom yoki haykaltarosh o’zini o’zi tasvirlaydi. Odatda Avtoportret ustida ishlayotganda muallif ko’zgu yoki bir nechta ko’zgulardan foydalanadi, … Read More

AVTOPOLIPLOIDIYA

AVTOPOLIPLOIDIYA, autopoliploidiya (Avto … va poliploidiya) — bir turga mansub o’simliklar, kamdan-kam hollarda hayvonlar hujayralarida xromosomalar to’plami sonining bir necha marta ko’payishidan iborat irsiy o’zgarish. Avtopoliploidiya o’simliklar va hayvonlar ontogenezida, … Read More

AVTOPILOT

AVTOPILOT (Avto … va Fransuzcha Pilote — uchuvchi) — uchish apparatlari (samolyot, vertolyot, snaryad va boshqalar) ni avtomatik tarzda (uchuvchi ishtirokisiz) boshqarish mexanizmi. Avtopilot sxemasini K. E. Tsiolkovskiy tuzgan (1898). … Read More

AVTONOMOV

AVTONOMOV Anatoliy Ivanovich (1898.24.2, Ivanovo-Voznesensk — 1968. 27.4, Toshkent) — selektsiyachi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1952), professor. (1955), O’zbekistoda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1944). Ivanovo politexnika institutini tugatgan … Read More