Laktozuriya, laktozaning siydikda paydo bo’lishi nima degani
Laktozuriya, laktozaning siydikda paydo bo’lishi nima degani – homiladorlikning oxirgi kunlarida va tug’uruqdan keyingi birinchi kunlarda uchraydi.

Laktozuriya, laktozaning siydikda paydo bo’lishi nima degani – homiladorlikning oxirgi kunlarida va tug’uruqdan keyingi birinchi kunlarda uchraydi.
Legkiye, o’pka nima degani – ko’krak qafasi bo’shlig’ining o’ng va chap yarimlarida plevraning seroz xaltalarida joylashgan qo’sh nafas olish a’zosi.
Leykemiya (belokroviye), oqqonlik nima degani – sistema kasalligi bo’lib, oqqon tanachalari hosil qiladigan to’qimalarning o’sib, ko’payib ketishi bilan ta’riflanadi.
Legochno-serdechnaya nedostatochnost, o’pka-yurak yetishmovchiligi nima degani – o’pka kasalligi yoki uning shikastlanishi sababli yurak faoliyati buzilishi natijasida kuzatiladigan holat.
Leykoderma nima degani – pigmentning kam bo’lishi yoki yo’qolib ketishi bilan bog’liq terining disxromiyasi (rangining buzilishi). Natijada tananing ayrim yerlari yoki soch oqaradi.
Leykoz(lar) nima degani – retikulyar stroma dastlabki hujayralarining avj oluvchi giperplastik va metaplastik o’sib qalinlashishi hamda ularning qon parenximasining turli hujayralariga dastlab o’tishi bilan ifodalanadigan sistema kasalliklari. Leykozlarning leykemik (leykoz … Read More
Leykoliz nima degani – har xil zaharli moddalar yoki ionizatsiyalanadigan nurlar ta’siri ostida, fiziologik o’lim naijasida oqqon tanachalarining parchalanishi, erib ketishi.
Leykoma, “ko’z guli” nima degani – muguz parda paydo bo’ladigan oq dog’. Ko’pchilik leykomalar muguz parda yallig’lanishi yoki kesilgandan so’ng unda hosil bo’lgan chandiqlar natijasida hosil bo’ladi.
Leykotomiya nima degani – miya ichida joylashgan patologik jarayon o’chog’iga yo’l ochish maqsadida yoki bosh miyaning o’tkazuv yo’llarini kesish uchun bosh miyaning oq to’qimasini (moddasini) operatsiya yo’li bilan kesib ochish.
Lekarstvennaya neperenosimost, dori vositalarini ko’tara olmaslik nima degani – dori vositasiga individual o’ta sezgirlik; ya’ni dori vositasi terapevtik yoki undan kichik dozalarda organizmga noxush ta’sir qiladi.