Mimas
Mimas — Saturn sayyorasining eng yaqin yo’ldoshi. 1789 yilda ingliz astronomi V. Gershel aniqlagan. Diametri 500 kilometrga yaqin. Sayyoradan o’rtacha uzoqligi 185400 kilometr bo’lib, uning atrofini 22 soat 32 minutda … Read More
Mineralogik qattiqlik shkalasi — minerallar nisbiy kattiqligining 10 balli shkalasi, minerallarning mexanik mustahkamligini o’zaro tirnash metodi bilan taxminiy aniqlashda qo’llaniladigan etalonmineral.
Mineral xom ashyo – Konchili tovar mahsuloti. Mineral xom ashyoga mineral resurslarni o’zlashtirish jarayonida yer qa’rida qazib olingan va ishlov berilgan foydali qazilmalar kiradi.
Miniatyura (adabiyot, teatr, estrada, tsirkda) — kichik hajmli badiiy asar, janr. Unga kichik hikoya, intermediya, vodevil, kulgi-hikoya, xoreografik yoki musiqaviy sahna, monolog, qiziqchilik va boshqalar kiradi.
Minimum (lotincha minimum — eng kam, eng kichik) — eng kam (kichik) miqdor (kattalik)ni, eng kichik hajm, eng past chegara, quyi darajani ifodalaydigan tushuncha; maksimum tushunchasining aksi.
Miosen bo’limi (epoxasi), miosen (Yunoncha meion — kam va kainos — yangi) — neogen sistemasi tog’jinslari qatlamining quyi bo’limi; yerning geologik tarixida neogen davrining birinchi, juda qadimgi yarmiga mos keladi. … Read More