Miting

Miting (inglizcha Meeting — uchrashmoq, yig’ilishmoq) — muhim voqea, ko’pincha siyosiy masalalarni muhokama qilish uchun o’tkaziladigan ommaviy yig’ilish.

Mitra

Mitra — qadimda Hindiston, Eronda bosh xudolardan biri. Mitraga yorug’lik, pokizalik va haqiqat xudosi sifatida e’tiqod qilingan. Miloddan avvalgi 6-asrdan Mitraga sig’inish kichik Osiyo hamda Furot va Dajla daryolari oralig’ida … Read More

Mitti yulduzlar

Mitti yulduzlar, karlik yulduzlar — o’rtacha kattalikdagi yulduzlardan ko’ra kichik va unchalik yorug’ bo’lmagan yulduzlar. Mitti yulduzlarning ko’pchiligi Gersshprung — Ressell diagrammasadagi asosiy chiziqning pastki kismida joylashgan. Mitti yulduzlarning o’rtachazichligi … Read More

Misar

Misar — katta ayiq yulduz turkumidagi yulduz. U uchta kichik yulduzdan tashkil topgan, ko’rinma yulduz kattaligi 2,0. Yorqinligi Quyoshnikidan 74 marta kuchlidir. Quyoshdan uzoqligi 27 parsek. Misar komponentlaridagi spektr chiziqlarining … Read More

Moddiy yordam

Moddiy yordam — korxona va muassasalarning muhtoj xodimlarga, mahallalarning muhtoj fuqarolarga yoki boshqa shaxslarga buyum yoki pul shaklida ko’rsatadigan yordami. Ijtimoiy himoya tadbirlariga kiradi.

Modernizatsiya, modernizasiyalash

Modernizatsiya, modernizasiyalash (Fransuzcha moderne — eng yangi, zamonaviy) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish. Modernizatsiyada mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika … Read More

Moderato

Moderato (italyancha moderato — mo’tadil) — musiqada Allegro va allegretto o’rtasidagi sur’at (odatda, “allegro moderato”ning qisqartirilgan shakli sifatida tushuniladi). Ba’zida “Moderato”ga mustaqil, Allegretto va andantino o’rtasidagi sur’at ma’nosida ham qaraladi.

Modus

Modus (lotincha modus) — 1) tur, me’yor, usul; 2) predmetga faqat ayrim hollardagina taalluqli bo’ladigan xususiyatlarni ifodalovchi falsafiy tushuncha. Bunda u predmetning tub, ajralmas xususiyatini ifodalovchi atributdan farq qiladi; 3) … Read More