Plenum
Plenum (lotincha plenum — to’la) — biron partiya, jamoat, davlat tashkilotining saylab qo’yiladigan rahbar organi a’zolarining to’la tarkibdagi Majlisi.
Plenum (lotincha plenum — to’la) — biron partiya, jamoat, davlat tashkilotining saylab qo’yiladigan rahbar organi a’zolarining to’la tarkibdagi Majlisi.
Plevra (Yunoncha pieura — qovurg’a, yonbosh, devor) — o’pka va ko’krak bo’shlig’i devorini ich tomondan zich o’rab turadigan seroz parda. Plevraning yallig’lanishi plevrit deb ataladi.
Pleksiglas (nemischa plexiglas, lotincha plexus — o’rilgan va nemischa glas — shisha) — organik shisha asosida olinadi- gan qattiq optik shaffof materiallar (plastmassalar) ning umumiy texnik nomi.
Plaundoshlar (Lycopodiaceae) — yuksak sporali ko’p yillik o’simliklar oilasi. Poyasi yaxshi rivojlangan, mayda barglar bilan qoplangan. Asosan, nam o’rmonlarda o’sadi. 3 turkumi, (shundan bittasi qazilma holda) ma’lum.
Pirsiyonlar (o’zlarini eroniy deb ataydilar) — O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonning ayrim tumanlarida tarqalgan xalq — eroniylarning 2-nomi. Pirsiyonlarning asl vatani — Eron.
Pirron Elidalik (miloddan avvalgi taxminan 360— 280) — yunon faylasufi, Skeptitsizm (pirronizm) asoschisi. Pirronning o’zi asarlar yozmagan, uning qarashlarini shogirdlari yozib qoldirgan. Uning fikricha, odamning narsalar to’g’risidagi mulohazalari asossizdir, umuman … Read More
Pirson (Pearson) Lester Bouls (1897-1972) — Kanada bosh vaziri (1963-6 8). Liberal partiya rahbari (1958-68), tashqi ishlar vaziri (1948— 57). Nobel tinchlik mukofoti laureati (1957).
Pitt Uilyam kichik (1759-1806) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1783— 1801, 1804-06); “yangi torlar” partiyasi rahbari. Pitt Kattaning o’g’li. Inqiloiy, so’ngra Napoleon Frantsiyasiga qarshi Yevropa davlatlari kaolisiyasi bosh tashkilotchilaridan biri. … Read More
Plazma, qon plazmasi — qonning suyuq qismi. Unda qonning shaklli elementlari (eritrositlar, leykotsitlar, trombositlar) bo’ladi. Qon plazmasi tarkibidagi o’zgarishlariga qarab, turli kasalliklar (revmatizm, qandli diabet va boshqalar)ni aniklash mumkin. Qon … Read More