Yop, yob
Yop, yob – Xorazmda o`rta va kichik kanal. Ba’zan ariq ham Yep deyiladi (Qoraqalpog`iston va G`arbiy Qozog`iston – jap), Tojikistonning ayrim joylari (Badaxshon) da daryoni Yop deyishadi. O`zbekiston va Turkmanistonda … Read More
Yoshargan tog`lar – qadimgi burmalanishlarda paydo bo`lib, keyinchalik yemirilib, tekislanib qolgan o`lkalarda alp burmalanishida qaytadan ko`tarilgan tog`lar. Oltoy, Tyanshan, Sayan, Zabaykale tog`lari yoshargan tog`lardir.
Yog`ingarchilik – yog`in-sochinning tez-tez va ko`p bo`lishi. O`rta Osiyo tekisliklari va tog` oldilarida qish va bahor yog`ingarchilik davri hisoblanadi.
Laplandiya – “qorli yer” degan ma`noni bildiradi.
Litogen omillar – landshaft hosil bo`lishining geologik-geomorfologik omillari.
Latifundiya (lotincha latus – keng va fundus – mulk) – katta yer pomestesi; bunda yer egasi (latifundiyachi) yerni ishlatish uchun ekspluatatsiyaning turli shakllaridan foydalanadi, jumladan, ijaraga beradi va h. k.
Lapilli (lotincha lapillus – tosh parchasi) – vulkan otilganda uchib borayotib qotgan lavaning kichik (diametri bir necha sm gacha) parchalari va kraterdan chiqib qotib qolgan vulkan jinslari bo`laklari.
Landshaftning komponentlararo aloqalari – monosistema modelini, turli katta-kichiklikdagi komplekslararo aloqalari polisistema modelini hosil qiladi.
Landshaft (tabiiy geografik kompleks) modellari – landshaft strukturasini grafik tarzda aks ettiruvchi sxemalar. Landshaftning monosistema va polisisema modeli mavjud.
Landshaft biotikasi – landshaftning biologik komponentlari (o`simlik va hayvonot dunyosi) kompleksi. Landshaft biotikasini o`rganish landshaftlarning biologik mohiyatini ochib beradi.