Grafit
Grafit (yunoncha grafu – yozaman) – mineral, yer po`stida uchraydigan sof uglerodning bir ko`rinishi. Rangi qora va to`q kul rang, metallsimon yaltiroq. Konlari Ural, Ukraina, Sibir, O`zbekistonda grafit Toshqazganda topilgan; … Read More
Gradus (lotincha gradus – qadam, bosqich), daraja – 1) burchak o`lchov birligi; aylananing 1/360 ulushiga teng. Gradus ° belgi bilan belgilanadi.
Gradus to`ri – geografik xarita yoki globuslarda meridianlar bilan parallellarning kesishishidan paydo bo`lgan to`r. Gradus to`ri yer sharidagi har qanday nuqtaning o`rnini aniqlashga imkon beradi.
Gumus (chirindi)– organik modalar parchalanishining oxirgi mahsuloti, u qancha ko`p bo`lsa, tuproq shancha hosildor bo`ladi.
Grivalar– qiya yon bag`irlarida 10 m dan 60 m balandlikka cho`zilib ketgan to`lqinsimon jo`yaklar.
Grunt suvlar – yer yuzasida pastda, birinchi suvli tog` jinslari g`ovaklarida yig`ilgan suv, o`zidan suv o`tkazmaydigan ikkinchi qatlam ustida bo`ladi.
Graben– yer po`stini uzilmalar bilan chegaralanib cho`kkan qismi.
Gorizont– ufq.
Gorizontallar– izogipslar-geografik xaritada dengiz sathiga nisbatan bir xil balandlikda bo`lgan nuqtalarni birlashtiradigan chiziq.