SOQI
SOQI — Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbeklar (Laqay urug’i) orasida do’mbira jo’rligida kuylovchi dostonchilar shu nom bilan yuritiladi.
SOQI — Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbeklar (Laqay urug’i) orasida do’mbira jo’rligida kuylovchi dostonchilar shu nom bilan yuritiladi.
SOYAGI — soya joyda mayiz quritish usuli. Asosan, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlarining tog’li hududlarida qo’llaniladi. 2) oq kishmish uzumni maxsus bino — soyagixonada quritib olingan mayiz.
SOXTA OYOQLILAR (Sarcodina) bir hujayrali hayvonlar sinfi.
SONTOSH DOVONI — Tyanshan toglaridagi dovon. Issiqko’ldan sharqroqda, Qirg’iziston hududida. Balandligi 2195 metr Sontosh orqali Issiqko’l botig’idan Olmaotaga xalqaro avtomobil yo’li o’tgan.
SONGAY — Niger, Mali, Burkinafaso, Nigeriya va Benindagi xalq. 1,6 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Songay tilida so’zlashadi. Dindorlari — Sunniy musulmonlar. Songay dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash bilan shug’ullanadi.
SOMOSA (SOMOZA) ANASTASIO (1896— 1956) — Nikaragua prezidenti (1936-47, 1950-56), amalda diktator. O’ldirilgan.