SFERIK UCHBURCHAK

SFERIK UCHBURCHAK — sferadagi uchta katta aylana yuzining kesishuvidan hrsil bo’lgan uchburchak. Aslida Yer sirtida yasalgan oddiy uchburchak ham Sferik uchburchak bo’ladi. Sferik uchburchak ko’pincha astronomik va Geodezik tadqiqotlarda qo’llaniladi.

SFERO…

SFERO… (Yunoncha sphaira — shar) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi. Geometrik shakllar — shar yoki sferaga oidlikni bildiradi. Masalan, sferoid, sferolit va boshqalar.

SXEMA

SXEMA (Yunoncha schema — qiyofa, tashqi ko’rinish) — 1) muayyan qurilma, inshoot, mashina va b.ning umumiy muhim tomonlari shartli belgilar bilan masshtabsiz ifodalangan chizma; 2) biror narsaning umumiy tasviri, bayoni, … Read More

SO’ZLIK

SO’ZLIK — entsiklopediya, lug’at yoki boshqa turdagi ma’lumotnomaga kiritishga mo’ljallangan so’zlar (maqolalar nomi) ro’yxati. Muayyan fan sohasi ichida avval mavzular bo’yicha So’zlik tuziladi. Bunday So’zlik muxrkama qilinib, tuzatilgandan so’ng alifbo … Read More

SO’TA

SO’TA (spadix) — bitta yo’g’on etli o’qda joylashgan to’pgul. Bandsiz gullari boshoqdagi kabi zich joylashadi (masalan, kuchala, igir va boshqalar). Makkajo’xorining to’pmevasini ko’pincha So’ta deb ataydilar.