SEKS
SEKS (lotincha sexus — jins) — jinsiy maylni ifodalash va qondirish bilan bog’liq psixik reaktsiyalar, kechinmalar va hatti-harakatlar majmui.
SEKS (lotincha sexus — jins) — jinsiy maylni ifodalash va qondirish bilan bog’liq psixik reaktsiyalar, kechinmalar va hatti-harakatlar majmui.
SEKSTANT — ekvatorial yulduz turkumi; Asad, Gidra va kosa yulduz turkumlari orasida joylashgan; Ravshan yulduzlari yo’q. Yer sharining shimoliy kengliklarida qish va bahorda kuzatiladi.
SEKTOR (lotincha seco — qirqilgan) — 1) egri chiziq yoyi va bu yoy uchlarini egri chiziqda yotmagan nuqta (sektor uchi)ga tutashtiruvchi kesmalar bilan chegaralangan yassi shakl (tekislikdagi Sektor).
SASAKLAR — Indoneziyadagi (lombok oroli) xalq. 1,75 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Sasak tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, musulmon sunniylar, bir qismi an’anaviy e’tiqodlarga rioya qiladi.
SARPARDA (forscha — bosh parda) — 1) musiqa asari boshlanadigan parda; 2) Chapandoz doira usulida ijro etiladigan kuy va ashulaning nomi, “Karimqulbegi” deb ham ataladi; 3) o’zbek surnay yo’llaridan biri.