UMMA

UMMA (Arabcha, ummat — ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar jamoasi) — Madinada Muhammad (sav) izidan borgan va Islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa a’zolari tushunilgan. … Read More

UMIROVA BUVSORA QO’ZIBOYEVNA

UMIROVA BUVSORA QO’ZIBOYEVNA (1952.21.12, Boyovut shaharchasi) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Sirdaryo pedagogika institutini tugatgan (1978). 1970 yildan Boyovut tumanidagi 40, 1975 yildan 15-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

UMBRIEL

UMBRIEL — uran sayyorasining yo’ldoshi. Diametri taxminan 1100 kilometr, sayyoradan o’rtacha uzoqligi 265 ming kilometr. Uran atrofini 4 sutkada aylanib chiqadi. 1851 yilda ingliz astronomi U. Lassel kashf etgan. Umbriel … Read More

UMAROV KARIMJON

UMAROV KARIMJON (1948.10.6, Kosonsoy tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Namangan pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970-2003 yillarda Kosonsoy tumanidagi 28-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

ULTRA-ABISSAL

ULTRA-ABISSAL — Okean tubining 6000 metrdan chuqur qismi. Relefi o’nqircho’nqir. Juda chuqur botiq va novlar (8000-10000 metr) uchraydi (Mariana novi). Hayvonot dunyosi qadimgi bo’lib, asosan, endemiklardan iborat.

ULTRA…

ULTRA… (lotincha ultra — ustida, yuqori; me’yordan, haddan tashqari) — uzlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi: miqdor va sifat belgilariga ko’ra me’yordan, haddan tashqari bo’lgan; eng chetki, o’ta kabi ma’nolarni bildiradi … Read More

ULVA

ULVA (Ulva), dengiz salati — ulvadoshlar oilasiga mansub suvo’tlar turkumi. Tanasi yaproqsimon, yaxlit ikki qavat hujayralardan tuzilgan. Uzunligi 30-150 santimetrga yaqin. 20 turi, asosan, subtropik va mo”tadil mintaqalarda tarqalgan. Yaponiya … Read More

ULUG’ AYVON

ULUG’ AYVON, o’ng ayvon Xorazm uylarida hovlining shimol tomoniga ters ayvon qarshisida quriladigan baland ayvon. Orol dengizidan kelgan salqin shamolni uy ichiga yo’naltirish uchun qo’llanilgan.

ULUSBEGI

ULUSBEGI — ulus hokimi. 13 — 18-asrlarda O’rta Osiyoda Ulusbegi o’z ulusida oddiy hukmdor nomidan ish yurgizgan. Ulusbegi lavozimiga, odatda, xonning qarindosh urug’lari tayinlangan. Ulusbegi oliy hukmdorning har xil topshiriqlarini … Read More

ULKAN QORASHO’R

ULKAN QORASHO’R Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumani qududidagi sho’rxok. Qumlik o’rtasida. Shimoli g’arbdan Janubi sharqqa cho’zilgan. Uzunligi 8 kilometr, eni 2 kilometr. Qor va yomg’ir suvlari to’planib turadi. Sho’rxokda sho’rga moslashgan … Read More