SHOSH
SHOSH — Choch tarixiy viloyatining Arabcha atalishi.
SHOSH — Choch tarixiy viloyatining Arabcha atalishi.
SHOXBARGDOSHLAR — shoxbargnamolar qabilasi (tartibi)ga mansub oila. Ko’p yillik o’t. 1 turkumga mansub 6 turi bor. O’zbekistonda 2 turi ko’llarda, sekin oqadigan daryolarda suvga botib o’sadi.
SHORLAR (o’zlarini shor deb atashadi) — Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida yashovchi xalq (tog’li Shoriya). 16 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Shor tilida so’zlashadi. Dindorlari rasman xristian bo’lsalarda, shomonlik saqlangan.
SHOM — Quyosh botib, qorong’ulik boshlangan payt va shu vaqtda o’qiladigan namoz. Shom namozi Quyosh botgandan boshlab, Mag’rib ufqidagi qizil shafaqning ko’rinmay ketadigan vaqtigacha ado etiladi.
SHOM — Suriya davlati va Damashq shahrining Sharq qo’lyozmalarida uchraydigan tarixiy nomi.
SHODMONOVA MAQSUDA (1931.25.12, Farg’ona shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1954). 1954 yildan Farg’ona shahridagi 1-maktabda ona tili va adabiyot o’qituvchisi, maktab direktori, o’quv bo’limi … Read More