ASHOKA

ASHOKA — qadimgi Hindistonda Maurya sulolasidan bo’lgan podshoh (miloddan avvalgi 268— 232 yillar). Ashoka davlati deyarli butun Hindiston, hozirgi Afg’oniston va Pokistonning bir qismini qamrab olgan. Buddizmga homiylik qilgan. Ashokaning … Read More

ASHL

ASHL — qadimgi uzunlik o’lchov birligi; qiymati xalqaro birliklar tizimi bo’yicha 39,9 metrga teng (1 Ashl =39,9 metr).

ASHKENAZILAR

ASHKENAZILAR — yahudiylarning etnik guruhi, o’rta asrda Germaniyada yashagan yahudiylar avlodi. Yevropa va Amerika yahudiy aholisining katta qismini, Isroil yahudiylarining yarmiga yaqinini tashkil etadi. Idish tilida so’zlashadi.

ASHIRIT

ASHIRIT, mis zumradi —dioptazning eski nomi. Ashirit Markaziy Kozog’istondagi Oltintepa koni yonidan bu mineralning 1785 yilda katta kristallini topib kelgan buxorolik savdogar Ashir Muhammadning nomiga qo’yilgan.

ASHIR

ASHIR (Arabcha) — qadimgi hajm o’lchovi; qiymati xalqaro birliklar tizimi bo’yicha 6 l ga teng (1 Ashir =6 l).

ASHINA XELU

ASHINA XELU (7-asr) – G’arbiy turk xoqonligi xoqonlaridan biri. 645 yil Tan sulolasi Yaochi tumani (hozirgi Xitoydagi Urumchi shahrining shimoliy-sharqidagi Fukan uezdi) da Ashina xelu boshchiligida noiblik barpo etgan. Xitoy … Read More

ASHINA

ASHINA (“A” — Xitoy tilida hurmat belgisi, qushimcha so’z bo’lagi — “Shono”, “Chino”, mo’g’ulcha — “bo’ri”; Aqshina — “olijanob bo’ri”) – 1) qadimgi turkiy urug’lardan birining nomi; 2) Turkiy xoqonlar … Read More

ASHIN

ASHIN — qadimgi turkiy urug’lardan birining boshlig’i. U ikkinchi Hunnu saltanati davrida hunnular xoni Mugonxonga qaram bo’lgan. Saltanat Tabg’ach (Tobos) xonlari tomonidan yemirilgach (439), Ashin 500 uylik urug’i bilan Oltoy … Read More

ASHIKO’L

ASHIKO’L — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ko’l. Amudaryoning o’ng sohilida. G’arbda Besto’ba va Sharqda Kushtepa balandliklari orasida joylashgan. Shimoldan Janubga yo’nalgan. G’arbiy sohillari Tabaqqum cho’liga tutash. Uzunligi 800-1000 metr, eni 300-350 metr, … Read More

ASHYOVIY DALIL

ASHYOVIY DALIL – jinoyat yoki fuqarolik ishini to’g’ri yuritish uchun ahamiyatli bo’lgan narsalar. Amaliyotda “tilsiz guvohlar” deb yuritiladi. Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki turgan joyi o’zgarganligini, u … Read More