ZAQQUM

ZAQQUM, Anchar (Antiaris) — tutdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Bir uyli daraxt yoki butalardan iborat. Guli mayda, ko’rimsiz, changchilari kallaksimon to’pgul, urug’chisi shoxlarda bittadan joylashgan. Osiyo, Afrika tropiklarida va Madagaskar … Read More

ZA’FARON

ZA’FARON (Crocus sativus L.) — sapsarguldoshlarga mansub ko’p yillik o’tsimon tuganak piyozli o’simlik. Yovvoyi holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi … Read More

ZAXCHAXONA TIZMASI

ZAXCHAXONA TIZMASI – Qashqadaryo viloyatining shimoli sharqidagi tizma. Hisor tizma tog’larining shimoliy g’arbiy tarmoqlaridan biri. Eng baland joyi 3818 metr. Asosan, Sharq va Janubga yo’nalgan. Janub, Janubiy g’arbiy yon bag’irlari … Read More

ZAXM

ZAXM, lyues, sifilis — barcha a’zo va sistemalarning zararlanishi bilan kechadigan surunkali tanosil (venerik) kasalligi. Zaxm qadimdan ma’lum. Uning yer yuzida paydo bo’lishi va tarqalishi haqida turli fikr va nazariyalar … Read More

ZAXIRADAGI HARBIYLAR

ZAXIRADAGI HARBIYLAR -harbiy hisobda turuvchi, haqiqiy xizmatni o’tab bo’lgan yoki turli sabablar bilan undan ozod qilingan, ammo jismoniy jihatdan harbiy xizmatni bajara oluvchi va urush davrida qo’shinlar safiga chaqiriluvchi kishilar.

ZAXIRA

ZAXIRA — ehtiyot qilib saqlangan narsalar (oziq-ovqat, pul, buyum, qurol-aslaha va boshqalar). O’rta asrlardan boshlab qo’shin ehtiyojlari uchun g’amlangan narsalar ham Zaxira nomi bilan yuritilgan.

ZAX QOCHIRISH

ZAX QOCHIRISH, yerlarni quritish — tuproqdagi ortiqcha namni chiqarib tashlash; melioratsiyaning bir turi. Zax qochirish tuproqda o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay suv, havo, ozuqa va tuz rejimini vujudga keltiradi. … Read More

ZAFAROBOD TUMANI

ZAFAROBOD TUMANI – Jizzax viloyatidagi tuman. 1973 yil 12 aprelda tashkil etilgan. Janubda Jizzax tumani, shimoli g’arbda Arnasoy va Do’stlik tumanlari, shimolda Forish tumani, sharqda Paxtakor tumani bilan chegaradosh. Maydoni … Read More

ZAFAROBOD

ZAFAROBOD — Buxoro viloyati G’ijduvon tumanisagi shaharcha (1984 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi Konimex (32 kilometr), tuman markazidan 72 kilometr. Shaharcha tumanning shimoli sharqida, Navoiy— Uchquduq katta yo’li yoqasida. Aholisi … Read More

“ZAFARNOMA”

“ZAFARNOMA” — Amir Temur davlati tarixiga bag’ishlab yozilgan asar. Sohibqiron Amir Temurning hayotligida bevosita uning topshirig’i asosida Nizomiddin Shomiy tomonidan yozishga kirishilgan (1401-02). 1404 yil bahorigacha asar yozib tamomlangan va … Read More