ZALKALN

ZALKALN, Zalkalns Teodor [1876.18 (30).11, hozirgi Latviyaning Riga tumani — 1972.6.12, Riga] — latish haykaltaroshi, Xalq rassomi (1957), BAning haqiqiy a’zosi (1947), mehnat Qahramoni (1971). Peterburg (189399), Parij (18991901, O. … Read More

ZALTIKAT

ZALTIKAT — Toshkent viloyatining Zangiota qishlog’i o’rnida bo’lgan qadimgi shahar xarobasi (6—15 asrlar). Zaltikat Binkatdan Samarqandga boradigan savdo yo’lidagi dastlabki yirik markaz bo’lgan (Istaxriy). Zaltikat katta tepa (220×400 metr kvadrat) … Read More

ZALILIY

ZALILIY (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Sodiq) (taxminan 1674, Yorkent —?) — uyg’ur shoiri. Uyg’ur adabiyotida realizm asoschilaridan. Yorkentdagi madrasada tahsil olgan. Arab va fors tillarini o’rgangan. Bizgacha bitga to’plami yetib … Read More

ZALVAR MASSA

ZALVAR MASSA, maxovik — po’lat yoki cho’yandan yasalgan katta gardishli g’ildirak. Porshenli dvigatellar, kompressorlar, nasoslar va boshqa mashinalarning yetakchi valiga, valning bir tekisda aylanishini ta’minlash uchun o’rnatiladi. Zalvar massa aylanuvchi … Read More

ZAL

ZAL (nemischa Saal) — ko’pchilikka mo’ljallangan katta xona, xonaqoh, talor. Zallar hashamatli saroylarning asosiy qismi sifatida barpo etilgan. Bunday Zallarda har xil qabul marosimlari, ziyofat va tantanali majlislar o’tkazilgan. Zalning … Read More

ZAKSENXAUZEN

ZAKSENXAUZEN (Sachsenhausen) nemis fashistlarining Potsdam shahri yaqinidagi konslageri. 1936 yilda tashkil etilgan. Lagerda 100 mingdan ortiq mahbus o’ldirilgan. 1945 yil aprelda Sovet Armiyasi tomonidan ozod etilgan. 1961 yilda Zaksenxauzenda xalqaro … Read More

ZAKS NELLI

ZAKS NELLI (1891 — 1970) — nemis shoirasi. 1940 yildan Shvetsiyaga emigratsiyaga ketgan. “O’lim maskanlari” (1947), “G’amgin yulduzlar” (1949), “Kelajakni hech kim bilmaydi” (1957), “Ko’chish va evrilish” (1959), “Tiriklarni izlash” … Read More

ZAKOT

ZAKOT (Arabcha — tozalanish, sadaqa berish) — molmulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatta muvofiq, muayyan boylikka ega bo’lgan katta yoshdagi musulmon Zakot beradi. Zakot … Read More

ZAKOPANE

ZAKOPANE — Polshadagi shahar, Tatra tog’lari etagida, 850 metr balandlikdagi tog’ oralig’idagi soylikda joylashgan. Aholisi 30 ming kishidan ziyod (1990 yillar o’rtalari). Zakopane — tog’ iqlim kurorti. Iyulning o’rtacha temperaturasi … Read More