ASHTARXON XONLIGI

ASHTARXON XONLIGI (Astraxon xonligi) — Oltin O’rdaning inqirozi natijasida vujudga kelgan davlat. Poytaxti — Ashtarxon shahri (hozirgi Astraxon). 14-asrda Oltin O’rda amiri Hoji Cherkas Ashtarxon shahrini bosib olib, uni alohida … Read More

ASHTAK-PASHTAK

ASHTAK-PASHTAK, hashtak-pashtak — maxsus usulda quritilgan o’rik qoqi. Pishgan o’rik ikkiga bo’linib danagi ajratib olinadi. Danagini chaqib, uning mag’zi o’rik eti orasiga solinadi va oftobda quritiladi.

ASHRAFOVA MUQADDAM

ASHRAFOVA MUQADDAM (1919-Toshkent — 1999.22.5) — jarroh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari Doktori (1964), professor (1967). 2-jahon urushi frontlarida vrachlik qilgan (1943-45). Toshmi II jarrohlik klinikasining ordinatori … Read More

ASHRAFIY UY-MUZEYI

ASHRAFIY UY-MUZEYI – yodgorlik muzeyi. M. Ashrafiy 1969-75 yillar Toshkentda yashab ijod etgan uy (Markaz — 1, 15-uy, 25-xonadon) da 1982 yil ochilgan. Muzey ekspozitsiyasi memorial xonalar va musiqa mehmonxonasidan … Read More

ASHRAFIY

ASHRAFIY – 1) 14-asrda Eronda zarb etilgan oltin pul. Uni zarb qildirgan Chuponiy Malik Ashraf (1344-56) sha’niga shunday atalgan. Vazni bir misqoldan ortiq bo’lgan. 17-asrda 4-donakka, ya’ni 3,2 grammga teng … Read More

ASHRAFIY MUXTOR ASHRAFOVICH

ASHRAFIY MUXTOR ASHRAFOVICH (1912.11.6, Buxoro-1975.15.12, Toshkent) — kompozitor, dirijyor. O’zbek operasi asoschilaridan. O’zbekiston xalq artisti (1939). Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida o’qigan (1928-30). Kompozitsiyadan S. N. Vasilenko, B. … Read More

ASHRABOV ABBOS BOBOYEVICH

ASHRABOV ABBOS BOBOYEVICH (1913.2.10, Piskent) — qurilish sohasidagi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964). Texnika fanlari Doktori (1961), professor (1960). O’rta Osiyo politexnika instirutini tugatgan (1940), shu institutda ishlagan … Read More

ASHOKA

ASHOKA — qadimgi Hindistonda Maurya sulolasidan bo’lgan podshoh (miloddan avvalgi 268— 232 yillar). Ashoka davlati deyarli butun Hindiston, hozirgi Afg’oniston va Pokistonning bir qismini qamrab olgan. Buddizmga homiylik qilgan. Ashokaning … Read More

ASHL

ASHL — qadimgi uzunlik o’lchov birligi; qiymati xalqaro birliklar tizimi bo’yicha 39,9 metrga teng (1 Ashl =39,9 metr).

ASHKENAZILAR

ASHKENAZILAR — yahudiylarning etnik guruhi, o’rta asrda Germaniyada yashagan yahudiylar avlodi. Yevropa va Amerika yahudiy aholisining katta qismini, Isroil yahudiylarining yarmiga yaqinini tashkil etadi. Idish tilida so’zlashadi.