ANTROPOLOGIYA

ANTROPOLOGIYA — (antropo … va … logiya) — odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi, odamzod irqlarining paydo bo’lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, o’zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin … Read More

ANTROPOLOGIK TIP

ANTROPOLOGIK TIP – muayyan hududga mansub odamzodning tana tuzilishidagi irqiy turg’un belgilarning tarixan shakllangan majmui. “Antropologik tip” termini bilan katta irqlar ham, ularning bo’limlari ham ifodalanadi.

ANTROPOGENEZ

ANTROPOGENEZ (antropo … va … genez) — inson jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyati, tili, shuningdek jamiyatning dastlabki rivojlanish jarayoni. Antropogenez haqidagi ta’limot — antropologiya tarmog’i.

ANTROPOGEN EROZIYA

ANTROPOGEN EROZIYA (Yunoncha anthropos — odam va genes — paydo bo’lish) — insonning ekologik muvozanatni buzadigan xo’jalik faoliyati natijasida tuproq unumdor gorizontlarining yemirilishi. Antropogen eroziya natijasida tuproq unumdorligini yo’qotadi.

ANTROPOGEN OMILLAR

ANTROPOGEN OMILLAR, muhitning antropogen omillari — odam va uning xo’jalik faoliyatining o’simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog’liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko’rsatib, uni o’z ehtiyojlariga moslashtirib, … Read More

ANTROPO…

ANTROPO… (Yunoncha anthropos — odam) — odamga aloqador ekanlikni bildiruvchi yasama so’z tarkibiy qismi (masalan, antropologiya, antropometriya).

ANTRESOL

ANTRESOL (Fransuzcha entresol) — 1) yuqori va past qavat qilib ikkiga bo’lingan baland xonaning ustki qismi, yuqoridagi yarim qavati; 2) 18-asr oxiri va 19-asr birinchi yarmida qurilgan chorbog’ va dang’illama … Read More

ANTREPRENYOR

ANTREPRENYOR (Fransuzcha entrepreneur — tomoshaxona egasi) — xususiy tomoshaxona (teatr, tsirk va boshqalar) egasi, ijarachisi. Chet ellarda menejer, impressario, prodyuser deb ham yuritiladi.

ANTRE

ANTRE (Fransuzcha entree — kirish, sahnagachiqish) — 1) Yevropada—o’rta asrlarda maxsus kiyingan qahramonlarning musiqa, ashula va raqs jo’rligida ziyofat yoki bal kechalariga raqsga tushib kirishi; mehmonlarning tantanavor yurib zalga chiqishi; … Read More