ALYUMEL

ALYUMEL — nikelning alyuminiy, marganes va kremniy bilan hosil qilgan qiyin suyuqlanuvchan qotishmasi. Alyumelning tarkibi (%da); 1,8—2,5 alyuminiy, 0,85—2,0 kremniy, 1,8—2,2 marganes, qolganlari — nikel va kobalt. Alyumel pirometriyada (moddalar … Read More

ALTSIONA

ALTSIONA — Savr burji (yulduz turkumi) ning yulduzi, 3-kattalikda. Hulkar yulduzlar to’dasining eng ravshan yulduzi. Bizdan 189 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan.

ALXESIRAS KONFERENTSIYASI

ALXESIRAS KONFERENTSIYASI (1906.15.1—7.4) — Ispaniyaning Alxesiras shahrida Germaniyaning tashabbusi bilan chaqirilgan xalqaro konferentsiya. Marokashdagi Frantsiya-Germaniya raqobati 1905 yilda Marokash janjalini keltirib chiqardi. Alxesiras konferentsiyasining chaqirilishi shu xalqaro tanglikni bartaraf etishga … Read More

ALFRED

ALFRED, Buyuk Alfred (taxminan 849 — taxminan 900) — Uesseks ingliz-sakslar qiroli (871 yildan). O’z hukmronligi ostiga bir qator qo’shni ingliz-saks kirolliklarini birlashtirdi. Alfred davrida 1 umumingliz qonunlar to’plami va … Read More

ALFATRON

ALFATRON, radioaktiv vakuummetr — gaz bosimini aniqlaydigan asbob. Ishlash tarzi oddiy yoki plutoniyning alfa-yemirilishi natijasida ionlashgan gazning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga asoslangan. Alfatron, asosan, gaz bosimini avtomatik nazorat qilish sistemalarida ishlatiladi.

ALFA-TERAPIYA

ALFA-TERAPIYA — alfa zarralar (radonli vannalar, radioaktiv boylamlar va boshqalar) ta’sirida davolash; nur bilan davolashning bir turi. Alfa-terapiya nerv sistemasi, endokrin bezlar, yurak-tomir faoliyatini yaxshilaydi. Ko’pgina kurortlarda Alfa-terapiya qo’llaniladi.

ALFA-SPEKTROMETRLAR

ALFA-SPEKTROMETRLAR – radioaktiv yadrolar chiqarayotgan alfa (a)-zarralar energiyasini o’lchaydigan asbob. Ishlash tarzi a-zarralarning magnitik tahliliga (magnit Alfa-spektrometrlar) yoki ularning ionlovchi ta’sirlarini tadqiq qilishga (ionlash kamerasi) asoslangan. a-zarralarning energetik spektri (nafis … Read More

ALFA (A)-ZARRALAR

ALFA (A)-ZARRALAR – ba’zi bir radioaktiv elementlar chiqaradigan geliy atomlarining yadrolari. Geliy atomining yadrosi ikkita proton va ikkita neytrondan iborat. Bu zarralar radioaktiv elementlar yemirilganida ajralib chiqadi, ayni vaqtda energiya … Read More