ANGIOMA
ANGIOMA (angio… va Yunoncha ota — o’sma) — qon yoki limfa tomirlarida paydo bo’ladigan xavfsiz o’sma. Odatda, bolaning ona qornidagi davrida tomirlarning noto’g’ri o’sishidan vujudga keladi. Ko’pincha terida (yuz yoki … Read More
ANGIOLOGIYA (angio… va Yunoncha logos — fan) — anatomiya va klinik tibbiyotning bir bo’limi; qon tomirlar (arteriyalar, venalar, kapillyarlar) hamda limfa tomirlari va ularning kasalliklarini o’rganadi.
ANGIOKERATOMA – terida paydo bo’ladigan xavfsiz o’sma; bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Bunda asosan terining muguz qavati qalinlashadi.
ANGIOKARDIOGRAFIYA (angio…, Yunoncha kardia — yurak va grapho — yozaman, tasvirlayman) — rentgenologik tekshirishda yurak va yirik tomirlar ichiga kontrast modda yuborib, ularning soya tasvirini olishga imkon beradigan usul. Yurakning … Read More
ANGIOGRAFIYA (angio… va …grafiya) — qon va limfa tomirlariga kontrast (soya tushiradigan va organizm uchun bezarar) modda yuborib, rentgenologik usul bilan ular suratini olish. Angiografiy qon va limfa tomirlari kasalliklarini, … Read More
ANGIO… (Yunoncha angeion — tomir) — yasama so’zlarning tarkibiy qismi, “tomir” so’ziga (qon tomiri, limfa tomiri) mos keladi. Masalan, angiografiya, angiologiya va boshqalar.