ANATOLIYA AGENTLIGI

ANATOLIYA AGENTLIGI (Anadoli ajansi) — Turkiyadagi axborot agentligi. 1920 yilda ta’sis etilgan. Aktsiyadorlik jamiyati; aktsiyalarning ko’pchiligiga hukumat egalik qiladi.

ANATOLIYA

ANATOLIYA (Yunoncha — kunchiqar, Sharq; turkcha Anadolu) — kichik Osiyoning qadimgi nomi; Usmonli turk saltanatida markazi Kutaxiya shahri bo’lgan viloyat nomi; 20- asrning 20 – yillaridan Turkiyaning Osiyo qismi nomi.

ANATOKSIN

ANATOKSIN (Yunoncha ana – qayta ta’sir va toxion — zahar) — formalin va 39 — 40° temperatura ta’sirida zaharli xossasini yo’qotgan, lekin antigenlik xossasini saqlab qolgan toksin. Birinchi marta frantsuz … Read More

ANATAZ

ANATAZ — sodda oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Tyu2ning polimorf modifikasiyalaridan biri. Fe, Zn, Nb qo’shimchalari bo’ladi. Rangi yashil-sariqdan kulrang-qoragacha. Qattiqligi 5,5 – 6. Sof og’irligi 3,8 – 3, 9. … Read More

ANASTOMOZ

ANASTOMOZ (Yunoncha anastomosis — tutashish) — tabiiy tarzda o’zaro qo’shilish yoki ulanish, bog’lanish. Masalan, bir qon tomirining ikkinchisi bilan qo’shilishi. Jarroxlikda biror kovak a’zoni kesib, ikkinchisiga ulash, me’daning ichakka ulanishi, … Read More

ANASTIGMAT

ANASTIGMAT – tasvirning faqat sferik va xromatik aberrasiya natijasida buzilib chiqishinigina emas, balki astigmatizm (optik tizimda tasvir nuqsonlaridan biri) hodisasini ham bartaraf qiladigan fotoob’yektiv. Anastigmatda linzalar sifatli shishadan tayyorlanadi. Anastigmat … Read More

ANARXO-SINDIKALIZM

ANARXO-SINDIKALIZM (Yunoncha anarchia — beboshlik, tartibsizlik; syndikos — uyushma) — xalqaro ishchilar harakatining anarxizm ta’sirida bo’lgan oqimi. Kasaba uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin ishlab chiqarish vositalari mazkur uyushmalar qo’liga … Read More

ANARXIZM

ANARXIZM (Yunoncha anarchia — hokimiyatsizlik, beboshlik) — rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat to’g’risidagi ta’limot. Antik dunyo zamonidayoq Anarxizmga … Read More

ANAPLAZMOZ

ANAPLAZMOZ — qoramol va qo’y-echkilarda uchraydigan surunkali kasallik. Anaplazmozni hayvon qonida parazitlik qiladigan Anaplasma marginale (qoramollarda), Anaplazmoz ovis (qo’y-echkilarda) mikrobi qo’zg’atadi. Anaplazmoz qonni mikroskopda tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Hayvon kasallikka … Read More

ANAPLAZMA

ANAPLAZMA (Anaplazma) — bir hujayrali sodda organizm. Tanasi yumaloq, diametri 1 metr kilometrgacha. Anaplazma nuqtadek bo’lib, qizil qon tanachalari (eritrositlar)ni jarohatlaydi. Anaplazma faqat mikroskopda ko’rinadi. Eritrositda 1 — 4 tagacha … Read More