ANALITIK FALSAFA

ANALITIK FALSAFA – 20-asr falsafasidagi g’arbiy, asosan ingliz-amerikacha yo’nalish; falsafani bilishning asosan til vositalari orqali tahlili deb tushunadi; neopozitivizmning boshqa bir ko’rinishi. Asosiy oqimlari: 1) mantiqiy tahlil qilish falsafasi; zamonaviy … Read More

ANALITIK TUR

ANALITIK TUR — mahalliy ahamiyatga molik geodezik to’r. Katta masshtabli s’yomka o’tkazish va muhandislikgeodezik ishlarni ta’minlash maqsadida davlat geodezik to’rini hosil qiluvchi punktlar asosida triangulyasiya va trilaterasiya usullari yordamida Analitik … Read More

ANALITIK TILLAR

ANALITIK TILLAR – tillar turi. Grammatik ma’nolar (so’zlar munosabati) shakl yasovchi affikslar yordamida emas, balki yordamchi so’zlar, so’z tartibi va intonasiya vositasida ifodalanadi. Ingliz, frantsuz, ispan, yangi fors tillari Analitik … Read More

ANALITIK TAROZI

ANALITIK TAROZI – moddalarni aniq tortadigan noziq tarozi; kimyoviy analizlarda ishlatiladi. Analitik tarozida og’irligi 2 grammdan 200 grammgacha bo’lgan moddalar 0,04 mlligrammgacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining to’liq analitik (100-500 grammli, … Read More

ANALITIK SELEKTSIYA

ANALITIK SELEKTSIYA – tanlash asosida qishloq xo’jaligi o’simliklari navlarini yaratish usuli. Analitik selektsiyada boshlang’ich material sifatida mahalliy yoki boshqa hududlardan keltirilgan navlardan, tabiiy duragay populyasiyalardan foydalaniladi, sintetik selektsiyaaa esa populyasiyalar … Read More

ANALITIK KIMYO

ANALITIK KIMYO – moddalar tarkibini aniqlash usullari haqidagi fan. U sifat analizi va miqdoriy analizga bo’linadi. Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli ishlab chiqarish sohalarining paydo bo’lishi va taraqqiy … Read More

ANALITIK GEOMETRIYA

ANALITIK GEOMETRIYA – geometriya bo’limi; unda sodda geometrik obrazlar (nuqtalar, to’g’ri chiziqlar, tekisliklar, ikkinchi tartibli egri chiziqlar va sirtlar) koordinatalar usuli asosida algebraik vositalar bilan o’rganiladi. Koordinatalar usulining mohiyati quyidagicha: … Read More

ANALIZATORLAR

ANALIZATORLAR (fiziologiyada) — yuksak darajadagi hayvonlar va odam nerv tuzilmalarining murakkab sistemasi. Analizatorlar tashqi muhit va organizmdagi ta’sirotlarni idrok etib, tahlil (analiz) qiladi. Analizatorlar tushunchasini I. P. Pavlov kiritgan (1909). … Read More

ANALIZATOR

ANALIZATOR, optikada — yorug’likning qutblanish xususiyatini aniqlovchi asbob. Yassi-qutblangan yorug’likni topishda va uning qutblanish tekisligini aniqlashda kutblovchi prizmalar, polyaroidlar va turmalin plastinkalaridan foydalaniladi.

ANALIZ VA SINTEZ

ANALIZ VA SINTEZ (Yunoncha analysis -ajratish va synthesis — birlashtirish) — kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan, o’zaro chambarchas bog’langan tekshirish usullari. Analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo’laklarga … Read More