AVIAGORIZONT

AVIAGORIZONT – haqiqiy ufq (gorizont) vaziyatini ko’rsatuvchi giroskopik asbob. Aviagorizont samolyot yoki boshqa uchish apparatining ko’ndalang va bo’ylama og’ish burchaklarini ko’rsatadi. Rotori giroskop bilan bog’langan mil (strelka) sun’iy ufqni ko’rsatib … Read More

“AVIABANK”

“AVIABANK” — O’zbekistondagi universal aktsiyadorlik tijorat banki. 1990 yil dekabrda tashkil topgan. Toshkent shahrida joylashgan. Asosan respublikada aviatsiya transporti va unga xizmat ko’rsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishga, moliya-kredit resurslarini jalb qilishga ko’maklashadi, … Read More

AVIA…

AVIA… (lotincha avis — qush) — qo’shma so’z bo’lagi; aviatsiyaga oidlikni bildiradi. Masalan, aviagorizont, aviatrassa.

AVJ

AVJ (Arabcha — cho’qqi, baland) — 1) O’n ikki maqom majmuasidagi ma’lum sho’ba nomi. 2) musiqa asarining yuqori pardalardagi cho’qqisi, kulminasiya doirasi, ya’ni musiqa asarining eng baland registrdagi davomli kuy … Read More

AVESTO

AVESTO, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; ko’pincha “Zend-Avesto”, ya’ni “Tafsir qilingan matn” deb ataladi) — zardushtiyliknpig muqaddas kitoblari to’plami. Ko’pchilik tadqiqotchilar fikriga ko’ra, Avesto O’rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi … Read More

AVERROIZM

AVERROIZM — Arab mutafakkiri Ibn Rushd (lotincha Averroes) va uning tarafdorlarining falsafiy ta’limoti. Averroizm vakillari o’rta asr va ilk Uyg’onish davrida Aristotel, Forobiy, Abu Ali ibn Sino falsafasining ilg’or tomonlarini … Read More

AVENTIN BLOKI

AVENTIN BLOKI – Italiyada fashistlar diktaturasiga qarshi kurashgan antifashistik partiyalar bloki. Sosialist deputat, antifashist Mateotti fashistlar tomonidan o’ldirilgach (1924 yil 10 iyun), muxolifiyatdagi deputatlar bundan g’azablanib, parlamentdan chiqib ketadilar va … Read More

AVENTIN

AVENTIN — qadimgi Rim shahri joylashgan etti tepalikdan biri. Rivoyatga ko’ra plebeylar, patrisiylar bilan kurashgan davrlarida Muqaddas toqqa, shuningdek Aventinga ketganlar. Miloddan avvalgi 50 – yillardan boshlab Aventin yerlari plebeylar … Read More

AVENARIUS

AVENARIUS (Avenarius) Rixard (1843.19.11-1896.18.8)-shveytsar faylasufi. E. Max bilan bir vaqtda empiriokritisizmga asos solganlardan biri. Avenariusning falsafiy qarashlari dunyoning negizida sezgilar yotadi, degan tezisga asoslangan.

AVELYANEDA

 AVELYANEDA — Argentinadagi shahar. Katta Buenos-Ayres tarkibiga kiradi. Aholisi 347 ming kishi (1991). Temir yo’l tuguni, La-plata qo’ltig’idagi port, mamlakatning eng yirik sanoat markazi. Asosan chorvachilik mahsulotlari (go’sht, jun, teri) … Read More