ABSTRAKTSIYA

ABSTRAKTSIYA (lot. abstractio — ajratish, mavhumlash) — 1) butunning tomoni, momenti, bo’lagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar (abstrakt) narsa; 2) bilishda ob’yektiv reallikdagi predmet, hodisalarning ikkinchi darajali, uncha muhim … Read More

ABSTRAKTSIONIZM

ABSTRAKTSIONIZM (lotincha Abstraction -mavhumlik, noma’lumlik, uzoqlashish). 20-asrda avval tasviriy san’atda paydo bo’lib, keyin adabiyotga o’z ta’sirini o’tkazgan oqim. Namoyandalari — Charlz Novard, Styuoriy Devis, Krauford, Retner, Morris, M. Seyfer, P. … Read More

ABSTRAKT SAN’AT

ABSTRAKT SAN’AT (lot Abstractus — mavhum), abstraktsionizm —tasviriy san’atdagi oqim. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikada asosan real narsa va hodisalarni tasvirlashni rad etadi. 20 asr 10-yillarida Yevropa mamlakatlarida vujudga kelib, 40-yillarning oxiri … Read More

ABSTRAKT MEHNAT

ABSTRAKT MEHNAT – tovar ishlab chiqaruvchilarning, umuman insonning ish kuchi (fiziologik energiya) sarflashida namoyon bo’ladigan, tovar qiymatini yaratadigan mehnat.

ABSTINENTSIYA

ABSTINENTSIYA (lotincha abstinentia – o’zini tiyish) — kishi doimiy o’rganib qolgan narsasi (spirtli ichimliklar ichish, narkotik moddalar qabul qilish, jinsiy aloqa qilish) dan voz kechganda kuzatiladigan xumorlik (tushkunlikka tushish, kayfiyatning … Read More

ABSORBTSIYA

ABSORBTSIYA (lotincha absorbtio — yutilish, absorbeo — yutayapman so’zidan) — eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent) larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga Absorbtsiyalanishidan neftni qayta ishlash, … Read More

ABSORBER

ABSORBER — absorbtsiya jarayoni amalga oshiriladigan uskunaning asosiy apparati. Unda gazlardagi moddalar (shu jumladan zararli moddalar) suyuqlikka yutiladi. Kimyo sanoatida, kosmik kemalarning hayotni ta’minlash tizimlari va boshqalarda qo’llaniladi.

ABSENTEIZM

ABSENTEIZM (lotincha absentia — qatnashmaslik, bosh tortish) — 1) saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig’ilishlarda va hokazolada qatnashishdan bosh tortishi; aholining o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. … Read More