AUTOINVAZIYA
AUTOINVAZIYA (Auto… va lotincha invasio — hujum) — odam yoki hayvonlardagi gijja kasalligining o’ziga qayta yuqishi. Masalan, bolalarning hojatdan keyin barmoqlarini yuvmasdan og’ziga solishi natijasida gijja tuxumlari me’da-ichak yo’liga kirib, yana rivojlanadi. Ko’pincha ostrisalar shu yo’l bilan yuqadi.