AVFIY BUXORIY
AVFIY BUXORIY, Muhammad Avfiy, Nuriddin Muhammad ibn Tohir ibn Usmon Buxoriy (1172/77, Buxoro — 1233, Hindiston) — adabiyotshunos, tarjimon. Sharq adabiyotida tazkirachilik asoschilaridan. Buxorodagi madrasada o’qigan. 1201 yil Buxoroda Ilek (hokim) saroyida kotiblik qilgan. Xorazm, Xuroson shaharlari — Nishopur, Tuye, Hirot, Marvga sayohat qilgan, Najmiddin Kubro, Shayx Majdiddin bag-dodiy kabi olimlar bilan muloqotda bo’lgan. 1219 yilda Buxoroga qaytgan. Mo’g’ul istilosi davrida Hindistonga ketib, umrining oxirigacha o’sha yerda yashagan. “Lubob ul-albob” (“Mag’izlarning mag’zi”) tazkirasini yaratgan (1222-23). 12 bobdan iborat mazkur tazkira mo’g’ul istilosidan avvalgi adabiyot va madaniyat arboblari haqida yagona manba sanaladi. 1223 yilda Krzi Muhsin Tannuhiyning “Alfaraj” (“Shodlik”) asarini arabchadan forschaga tarjima qilgan. Avfiy Buxoriyning ikkinchi yirik asari “Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot” (“Hikoyatlar to’plami va rivoyatlar jilosi”, 1228) da turli fanlarga oid ilmiy lavhalar, bahslar va xulosalar hikoya va rivoyat tarzida sodda bayon qilingan. Asar Sharqda keng tarqalgan, ayrim hikoyalari o’zbek tiliga tarjima qilingan.