AVITAMINOZ

AVITAMINOZ (Yunoncha — inkor qo’shimchasi va vitaminlar) — organizmda vitaminlar yetishmasligi natijasida paydo bo’ladigan kasallik. Masalan, vitamin S yetishmasligi lavsha (tsinga), vitamin V yetishmasligi beri-beri, vitamin D yetishmasligi raxit, vitamin RR yetishmasligi pellagra kasalligiga sabab bo’ladi. Homiladorlikda, ko’pincha tuqqandan keyin ro’y beradigan chillashir kasalligi ham Avitaminoz natijasidir. Bitta vitamin yetishmasa, mono Avitaminoz, ko’p vitamin yetishmasa, poli Avitaminoz kelib chiqadi. Birinchi marta 1880 yilda rus vrachi N. I. Lunin Avitaminozni tajriba yo’li b-n hosil qilgan. Avitaminozning oldini olish uchun vitaminga boy sabzavot va mevalarni ko’proq iste’mol qilish, vitaminli masalliqlarni yaxshi saqlash, ovqat pishirganda vitaminlarning parchalanib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Davosi: vitaminga boy taomlar buyuriladi yoki organizmda qaysi vitamin yetishmasa, o’sha vitamin preparatlari beriladi. Avitaminoz hayvonlarda ham uchraydi. Bunday hayvon ko’pincha qisir qoladi yoki bola tashlaydi. Yangi tug’ilgan bolasi yaxshi o’smaydi, hatto tez kunda nobud bo’ladi. Kasallikning oldini olish uchun hayvonlarni, ayniqsa yosh hayvon va parrandalarni servitamin ozuqalar bilan boqish kerak.