AVLAKOGEN

AVLAKOGEN (Yunoncha aulax — egat va genos — tug’ilish) (geologiya) — yoriqlar bilan chegaralangan chuqur va kambar ko’rinishdagi platforma ichki chiziqli suriluvchan zona; “Avlakogent” terminini 1960 yilda N. S. Shatskiy taklif etgan. U Avlakogentni platformadagi ikkita bir xil zona oralig’idagi murakkab strukturali egat sifatida belgiladi. Oddiy Avlakogentlar chuqur (ba’zan 5-10 kilometr), kambar (100 kilometrgacha) va ming kilometrgacha uzunlikdagi bukilmadan iborat bo’lib, yoriqlar bilan cheklangan. Avlakogentlar butun platformani kesib o’tishi yoki biror joyida tugashi mumkin. Avlakogentlar rivojlanib ichki platformali yassi burmali zonaga (masalan, Daniya-Polsha Avlakogent) yoki ancha keng va qiya cho’kmasi-neklizalar (masalan, Dnepr-Dones Avlakogent) ga aylanadi. Murakkab Avlakogentlar bukilma-grabenlardan tashqari, ko’taril-magorstlar (masalan, shimoliy Amerika platformasining Vichita zonasi) ham bo’ladi.