AVTARKIYA

AVTARKIYA (yun. avtarkeia – o’z-o’ziga yetarli) — mamlakatning o’z-o’zini ta‘minlash qoidasiga asoslangan, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib qolgan biqiq xo’jalik yuritish siyosati. Avtarkiyaning asosiy vositalari: mamlakatga kiritiladigan tovarlar uchun yuqori cheklovchi bojlar va kvotalar joriy etish; iste‘mol tovarlari narxini oshirish; boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishda turli to’siqlar qo’yish. Jahon iqtisodiy-xo’jalik aloqalaridan uzilib qolish amalda mamlakatda natural xo’jalik yuritishga olib keladi.