AVTOMATIK OY STANTSIYASI
AVTOMATIK OY STANTSIYASI – oy sirtiga qo’ndirish uchun mo’ljallangan kosmik apparat. Konstruktsiyasi va apparatlari oydagi mavjud sharoitlarga moslab hisoblanadi. Avtomatik oy stantsiyasi bortiga joylashtirilgan ilmiy apparatlar yordamida oydagi tabiiy sharoit va oy sirti tadqiq qilinadi, radiotelemetrik va televizion tizimlar yordamida tadqiqot natijalari va oy sirti tasviri yerga uzatiladi. 1966 yil 3 fevralda dunyoda birinchi bo’lib “Luna-9”, shu yili “Serveyer-1” Avtomatik oy stantsiyasi Oy sirtiga qo’ndirildi.