AXALTSIXE
AXALTSIXE — Gruziya Respublikasidagi shahar. Aholisi 25 ming kishi (1999). Temir yo’l stantsiyasi. Batumi, Axalqalaki va Borjomiga boradigan avtomobil yo’llarining tuguni. Qo’ng’ir ko’mir qazib olish rayoni markazi. Kraxmal, pivo, gips, g’isht, taxta tilish, vino zavodlari, go’sht kombinati, mebel fabrikasi, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, qishloq xo’jalik texnikumi, teatr, o’lkashunoslik va tarix muzeylari bor. Axaltsixe balneologiya kurorti. 12-asrdan ma’lum.