AXBAXO’JAKASPI DOVONI
AXBAXO’JAKASPI DOVONI – Surxondaryo viloyati bilan Tojikiston Respublikasi chegarasidagi dovon. Machitli tizma tog’ining shimoliy-Sharqiy qismida, Kishtut daryosi, Xo’jakaspi irmog’ining yuqori oqimida joylashgan. Balandligi 3870 metr. G’arbiy yon bag’irlari qor va muzliklar bilan qoplangan va Sharqiy yon bag’riga nisbatan qiyaroq. Axbaxo’jakaspi Dovoni orqali yoz oylarida Xo’jakaspi daryosi vodiysidan Sandaldaryo vodiysiga o’tiladi.