AYAMAJUZ

AYAMAJUZ (Arabcha ayyom — kunlar, ajuz — kampir) — qishning oxirgi kunlari. Mart oyining birinchi haftasida bo’ladigan sovuq va izg’irinli kunlar. Ayamajuz haqida xalq orasida “ayamajuz olti kun, qahr aylasa qattiq kun”, ” Ayamajuz kirganda to’qson — bir kunimcha yo’qsan” kabi naqllar tarqalgan. Chorvachi qozoqxalqi Ayamajuzni O’tamali deb ataydi. Ayamajuz chorvaning qishlovdan qaytib, qo’zilash oldidan oriqdab, qishdan arang chiqqan vaqtiga to’g’ri keladi, shunday paytda ba’zan qorbo’ronli kunlar boshlanib, ehtiyot choralari ko’rilmasa, mol qirilib ketishi mumkin.