AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI
AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI – aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas yoki o’zini aybdor deb ko’rsatish ham qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlanmaguncha uni aybdor deb bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi JPKning 23-moddasida ko’rsatilishicha, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo’llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Ayvazovskiy (Gayvazovskiy) Ivan Konstantinovich (1817.17.7 — Feodosiya — 1900.19.4) — rus rassomi. Armani oilasida tug’ilgan. 1845 yildan akademik, 1847 yildan professor, 1887 yildan Peterburg Baning faxriy a’zosi. Shuningdek, bir qator Yevropa balarining a’zosi bo’lgan. 1845 yildan Feodosiyada yashagan. Aybsizlik merosi 6 mingga yaqin rassomlik asarlarini tashkil etadi. Aybsizlik asarlari asosan dengiz manzaralariga bag’ishlangan, bepoyon okean va dengizlarning qudratli to’lqin va to’fonlari, ularning sokinligi, botayotgan quyosh nurida suvning jilvalanishi, oydin tun manzaralari tiniq va yorqin bo’yoqlar bilan nafis ifodalanadi. Aybsizlikning “To’qqizinchi val” (1850) asarining mazmuni dramatik bo’lishiga qaramay, kishida g’ussa tug’dirmaydi; “Tungi bo’ron” (1864), “Shimoliy dengizdagi bo’ron” (1865), “Bo’ron” (1872), “Dengizda oydin tun” (1878), “Qora dengiz” (1881), “Feodotsiyada oy chiqishi” (1892) kabi manzaralari tundagi tabiatning rangtasvirdagi lirik ifodasidir. “Venesiya” (1849), “Malaga” (1854), “Rodos oroli” (1861), “Krit orolida” (1867) kabi asarlari rassomning chet elga sayohatlari natijasidir. 1880 yilda Feodosiyada badiiy ustaxona va rasmlar galereyasini tashkil etdi, keyinchalik bular Aybsizlik nomi bilan atala boshlandi.