AYMARA

AYMARA — Boliviya, Peru va Chilida yashovchi indeys xalqi. Umumiy soni 2,55 million kishi (1992). Aymara tilida so’zlashadi, dini — katolik, lekin hayotida qad. din qoddiqlari katta o’rin egallaydi. Aymaralar dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek baliqchilik bilan shug’ullanadilar.